U-17 JCH. O‘zbekiston 1/8 finalda Angliyaga qarshi o‘ynaydi

U-17 JCH. O‘zbekiston 1/8 finalda Angliyaga qarshi o‘ynaydi

18 noyabr kuni Indoneziyada o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida guruh bahslariga yakun yasaldi. O‘zbekistonlik o‘smirlar pley-offda Angliyaga qarshi maydonga tushishi aniq bo‘ldi. Uchrashuv 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

U-17 JCH. O‘zbekiston 1/8 finalda Angliyaga qarshi o‘ynaydi

Eslatib o‘tamiz, Angliya o‘smirlar terma jamoasi Yangi Kaledoniya (10:0) va Eron (2:1) vakillariga qarshi o‘yinlarda zafar quchishgan bo‘lishsa, braziliyalik tengqurlari bilan kechgan uchrashuvda 1:2 hisobida yengilishgandi. Shunga qaramay inglizlar  to‘plar nisbatiga ko‘ra С guruhida birinchi o‘rinni egallashdi.

Shu tariqa Marokash va Ekvador A guruhida, Ispaniya va Mali B guruhida, Angliya va Braziliya С guruhida, Argentina va Senegal D guruhida, Fransiya va AQSH E guruhida Germaniya va Meksika F guruhida 1-, 2-o‘rinlarni egallab pley-offga chiqishdi.

Eron (С guruhi, 6 ochko), Yaponiya (D guruhi, 6 ochko), O‘zbekiston (B guruhi, 4 ochko) hamda Venesuela (F guruhi, 4 ochko) eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchinchi o‘rinni egallagan to‘rt jamoa sifatida nimchorak finalda o‘ynash huquqiga sazovor bo‘lishdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.