Shohjahon Ergashev texnik nokautga uchrab, birinchi mag‘lubiyatini tan oldi

Shohjahon Ergashev texnik nokautga uchrab, birinchi mag‘lubiyatini tan oldi

Foto: Reuters
AQSHning Las-Vegas shahridagi «Mishelob Ultra Arena»da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Unda professional boksning super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (23-1-0) IBF yo‘nalishi chempioni puerto-rikolik Subriyel Matias (20-1-0) bilan kamar uchun ringga ko‘tarildi.

12 raundli jang 6-raunddayoq muddatidan avval yakunlandi. Shohjahon Ergashev jamoasi jangni davom ettirishni istamadi. Ushbu vaziyatgacha Shohjahon 1-raundni o‘z foydasiga hal qilgan, qolgan 4ta raundda esa hakamlar Matiasning g‘alabasini qayd etgandi.

Shu tariqa, Ergashev jangda texnik nokaut sababli faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi. Bu Matiasning faoliyatidagi 20-g‘alabasi bo‘ldi va u barcha g‘alabalariga muddatdan avval erishgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.