"Qizilqum" o‘tish o‘yinida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etib, Superligada qoldi

"Qizilqum" o‘tish o‘yinida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etib, Superligada qoldi

Superligaga o‘tish o‘yini doirasida \"Qo‘qon-1912\" - \"Qizilqum\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda navoiyliklar 1:2 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, navoiyliklar Muhammadali G‘iyosov va Islom Kenjaboyev gollarga mualliflik qildi. 73-daqiqada esa San’at Shixov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, \"Qizilqum\" Superligada qolish masalasini hal qildi. \"Qo‘qon-1912\" esa kelasi mavsum ham Pro ligada o‘ynaydigan bo‘ldi.

Superliga o‘tish o‘yini

\"Qo‘qon-1912\" – \"Qizilqum\" 1:2

Gollar: San’at Shixov 73\' – Muhammadali G‘iyosov 5\', Islom Kenjaboyev 23\'

\"Qo‘qon-1912\": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 3.Bobur Akbarov (s), 7.Jamshid Hasanov, 10.Anvarjon Hojimirzayev, 11.Shahzod Beshimov, 16.Artyom Filiposyan, 18.Bobur Sobirov, 20.Iqboljon Malikjonov, 24.Jasur O‘rinov, 25.Asadbek Zokirjonov, 44 Farhod Mirahmatov.

Zaxira: 99.Mirzohid Jalilov, 2.Avaz Mamatxo‘jayev, 4.Azamat Isroilov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 6.Abdujalil Manazarov, 8.San’at Shixov, 14.Doniyor Ismoilov, 30.Ibrohim Muxtorov, 77.Murodjon Komilov.

\"Qizilqum\": 16.Dilshod Yo‘ldoshev, 4.Ilhoimjon Vahobov, 5.Samandar Shukurillayev, 6.Murodbek Rahmatov, 10.Islom Kenjaboyev, 11.Akaki Shulaya, 13.Nikolay Tarasov (s), 17.Muhammadali G‘iyosov, 24.Ifeani Ifeani, 44.Jo‘rabek Mannonov, 77.Giorgi Kuxianidze.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzullo Qambarov, 23.Sherali Jo‘rayev, 25.Azizbek Usmonov, 28.Akmal Muzaffarov, 79.Diyor Raxmatilloyev, 87.Alisher Sanoyev.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.