Umida Omonova shaxmatning blis yo‘nalishida Osiyo chempioniga aylandi

BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati 17 dekabr, yakshanba kuni start oldi.
Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blis yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, yana bir qator shaxmatchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi. Davron Sharipov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













