Taekvondochilarimiz Jahon kubogi finaliga chiqishdi

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng jamoaviy yo‘nalishda Jahon kubogi boshlandi. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa aralash jamoaviy yo‘nalishda o‘tkazilmoqda. Hamyurtlarimiz chorak finalda Marokash, yarim finalda Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Endi yurtdoshlarimiz oltin medal uchun Braziliya va Xitoy jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi dayanga chiqishadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













