"Paxtakor" uch nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

"Paxtakor" uch nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

\"Paxtakor\" safida o‘ynab kelgan ba’zi futbolchilar jamoani tark etishdi. Xususan, 2017 yildan buyon \"sherlar\" safida o‘ynab kelgan Sherzod A’zamov va Eldor Suyunov, bir yarim yil o‘ynagan Doston Tursunovga klub rahbariyati jamoa g‘alabalariga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

A’zamov va Suyunov \"Paxtakor\" bilan beshtadan chempionlik, ikkitadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogida zafar quchdi.

A’zamov \"Paxtakor\" bilan jami 141 uchrashuvda ishtirok etib, 3 gol muallifiga aylandi. Suyunov esa 108 o‘yinda maydonga tushdi. Tursunov esa bir yarim yil ichida ikki bor chempionlikni qo‘lga kiritdi. Doston 24 bellashuvda 2 to‘p kiritdi.

"Paxtakor" uch nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.