Krishtianu Ronaldu 2023 yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi

Krishtianu Ronaldu 2023 yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi
Krishtianu Ronaldu 2023 yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi
Futbol bo‘yicha Saudiya Professional Ligasining 19-turida “An-Nassr” “At-Taavun”ni 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Uchrashuvda “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham gol muallifiga aylandi. Shu tariqa portugaliyalik futbolchi 2023 yildagi gollari sonini 54 taga yetkazib oldi.
Shu tariqa Ronaldu yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe va “Bavariya” futbolchisi Harri Keyn (har ikkalasida 52 tadan gol mavjud) egalladi. 4-o‘rindan esa “Manchester Siti” forvardi Erling Holand (50 ta gol) joy oldi.
 
54 ta gol — Krishtianuning 2016 yildan keyingi eng yaxshi natijasi. O‘shanda Krish 55 ta gol urgan. Ronaldu 2013 yilda 69 ta gol urib, o‘z rekordini o‘rnatgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.