A Seriya. 18-turning markaziy o‘yinida “Yuventus” “Roma”ni mag‘lub etdi

A Seriya. 18-turning markaziy o‘yinida “Yuventus” “Roma”ni mag‘lub etdi
A Seriya. 18-turning markaziy o‘yinida “Yuventus” “Roma”ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 30 dekabr, shanba kuni “Roma”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida turinliklar futbolchisi Adrien Rabo hisobni ochdi.
 
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va turning markaziy o‘yinida “Yuventus” g‘alaba qozondi.
Bahs g‘olibi “Yuventus” ochkolari sonini 43 taga yetkazib, 2-o‘rinni egallab turibdi. Rimliklar esa 28 ochko bilan 7-pog‘onani band etgan.

 
“Yuventus” – “Roma” 1:0
Gol: 1:0 – 47 Rabo.
“Yuventus”: Shensni, Danilo, Bremer, Gatti, Vea, Kostich (Ayling, 76), Rabo, Lokatelli, Makkenni (Rugani, 90), Yildiz (Keza, 66), Vlahovich (Milik, 76).
“Roma”: Ruy Patrisiu, Kristensen, Lorente, Manchini, Ndika, Zalevski (Azmun, 80), Paredes (ash-Shaaravi, 74), Kristante, Bove (Pellegrini, 64), Dibala, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Paredes (68), Lokatelli (77).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.