Braziliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Braziliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Braziliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Karlo Anchelotti \"Real\" bilan shartnomasini yangilaganidan keyin Braziliya terma jamoasining rejalari o‘zgarib ketdi. \"Pentakampeonlar\" avvalroq vaqtinchalik bosh murabbiy Fernando Dinizni o‘z lavozimidan ozod qilgan bo‘lsa, endi yangi mutaxassisni olib keldi.
 
Yakuniga yetgan mavsumda \"San-Paulu\" klubida ishlagan Dorival Junior Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. U bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.  Ushbu murabbiy o‘z vaqtida Neymarga \"Santos\"da ustozlik qilgan.
 
Dorival faoliyati davomida asosan mamlakat klublarini boshqargan. Shuningdek, 61 yoshli mutaxassis 3 marta Braziliya kubogi, bir marta Libertadores sovrinini qo‘lga kiritgan.
 
Ma’lumot uchun, terma jamoani oldinda Angliya va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.