Konorning boksga munosabati qanday?

Ikki divizionda sobiq UFC chempioni Konor MakGregor professional boksga munosabati haqida gapirdi.
“Boks - ajoyib, qiziqarli sport! Men uni juda yaxshi ko‘raman. Men uni targ‘ib qilishga va rivojlantirishga tayyorman”, - deydi irlandiyalik yulduz.
Eslatib o‘tamiz, MakGregor professional boksda bitta jang o‘tkazib, Floyd Meyvezerga muddatidan avval mag‘lub bo‘lgan edi. Jang 2017 yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













