Qozog‘istonda Lionel Messining egizagi topildi

Qozog‘istonda Lionel Messining egizagi topildi
Qozog‘istonda Lionel Messining egizagi topildi

Ayni kunlarda Qozog‘istondagi ijtimoiy tarmoqlar orqali suratlari yashin tezligida tarqalayotgan Kirill Ovchinnikov ismli fuqaro tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Sababi u ko‘rinishidan “Barselona” futbol jamoasining yulduzi Lionel Messiga juda o‘xshaydi, deb yozadi “Qalampir” nashri.

Kirill asli Qarag‘andadan bo‘lib, Qarag‘anda tibbiyot universitetini tamomlagan. Hozirda stomatolog bo‘lib ishlamoqda.
Qozog‘istonda Lionel Messining egizagi topildi

“Odatda meni evropaliklar kam bo‘lgan mamlakatlarda Messi bilan adashtirishadi. Kozog‘istonda bojxona nazorati xodimlari ham meni unga o‘xshashimni aytishdi. Bu hol soqolimni olib tashlaganimdan keyin ham davom etdi. Tailanddagi savdo markazida birgalikda suratga tushishni taklif qilishdi. Xullas, qaerga bormay atrofimdagilar “Qara, Messi”, deb dastxat olish uchun yugurib kelishadi”, deydi Kirill.

Kirillning so‘zlariga ko‘ra, bu unga qator noqulayliklarni tug‘dirayotgan ekan. Bundan tashqari, Kirill futbolga unchalik qiziqmasligini ham aytib o‘tgan.

“Odamlar meni Messiga o‘xshashimni aytmagunlaricha Messi haqida bilmasdim ham. Meni unga o‘xshatishgach, Messining faoliyatiga qiziqdim. U ishtirok etgan futbol matchlarini ko‘raman, ammo futbolning ishqibozi emasman. Messi menga futbolchi sifatida yoqadi”, deydi Kirill.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.