“Roma”dan haydalgan Joze Mourinyuning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

“Roma”dan haydalgan Joze Mourinyuning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Mashhur klublarda ishlagan Joze Mourinyu ham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi.

Xususan portugaliyalik mutaxassis Saudiya Arabistonining “Al Shabab” jamoasini boshqarishga rozilik bergan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu shu yil 16 yanvar kuni “Roma” jamoasidan iste’foga chiqarilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Al Shabab” klubi Saudiya Arabistoni chempionatida 19-turdan so‘ng turnir jadvalining 11-pog‘onasida ketmoqda. Ayni vaqtda jamoani Igor Bishchan boshqarib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.