Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini engib, finalga chiqdi

Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini engib, finalga chiqdi
Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini engib, finalga chiqdi

Bugun Rio-2016 Olimpiadasida boks bo‘yicha 69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov yarim finalda marokashlik sportchi, amaldagi jahon chempioni bo‘lmish Muhammad Rabiyga qarshi ringga chiqdi.

3 raund davomida faol harakat qilgan o‘zbekistonlik sportchi birinchi raundayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Hakamlar 3 raundda ham uning g‘alabasini qayd etishdi va G‘iyosov finalga chiqdi.

Hakamlarning baholari — 30:27, 30:27, 30:27.
Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini engib, finalga chiqdi

Shahram o‘z g‘alabasini yana Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.
Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini engib, finalga chiqdi

Uning finaldagi raqibi qozog‘istonlik Doniyor Elessunov va fransiyalik Sulaymon Diop Sissoko o‘rtasida aniqlanadi.

Shahram G‘iyosov yarim final jangiga qadar ispaniyalik Yuba Sissoko, litvalik Eymantas Stanyonis va kubalik Ronel Iglesiasni turnirdan chiqarib yuborgandi.

U O‘zbekiston boks terma jamoasining final jangida ishtirok etadigan ikkinchi vakili bo‘ldi. Oltin medal uchun jang 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini engib, finalga chiqdi


Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.