"QVZ" badiiy rahbari Hasanboy Do‘stmatovga atab she’r bitdi


Bokschimiz Hasanboy Do‘stmatovning g‘alabasiga bag‘ishlanadi
Muallif: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi \"Ma’naviyat va ma’rifat\" markazi bo‘lim mudiri, \"Quvnoqlar va zukkolar\" ko‘rik-tanlovi badiiy rahbari Olimjon Xudoynazarov.
To‘yona
Dunyoni chap qo‘lda titratgan o‘g‘lon,
Shiddatda shamolni charchatgan o‘g‘lon.
O‘zbek bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarib,
Xalqini sevinchdan yig‘latgan o‘g‘lon!
Hasanboy, aylanay ismingdan sening,
Aylanay, qotmacha jismingdan sening.
Millionlar ko‘zida madhiya aytgan,
\"O‘zbekman\", deguvchi tilingdan sening.
Jasorat gavdaga bog‘liq narsamas,
Millatni ulug‘lash - har kimga emas.
Butun vujuding va o‘tli yuraging,
Vatan deb, xalqim deb, yonib tursa bas!
Yurt to‘yiga zo‘r to‘yona bo‘ldi,
Yuraklar hayajon, g‘ururga to‘ldi.
\"Qo‘limdan kelgan-cha\" degan va’dang bor,
Otangga ming rahmat! Qo‘lingdan keldi!
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













