Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBЕKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Dastlab, \"yashil qit’a vakillari\" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboyev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi.

Shu tariqa, ikki jamoa ham pley-off masalasini hal qildi. Avstraliya 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston 2-pog‘onani band etdi.

Katanes shogirdlariga nimchorak finalda \"F\" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa raqib bo‘ladi. Bu katta ehtimol bilan Tailand yoki O‘mon termasi bo‘ladi.

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi kim bo‘ladi? 

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.