Otabek Shukurov Turkiya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

Otabek Shukurov Turkiya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

Terma jamoa bilan Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Otabek Shukurov turnir tugaganidan so‘ng yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. U katta ehtimol bilan Turkiyada qoladiganga o‘xshamoqda.

\"Fanatik\" nashri jurnalisti Burak O‘zdemirning xabar berishicha, yarim himoyachi \"Sivasspor\" bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu klub Turkiya chempionatida 22-turdan keyin 6 ta g‘alaba, 8 durang va 8 mag‘lubiyat bilan 13-o‘rinda turibdi.

Avvalroq, Shukurov birinchi liganing ikkita jamoasidan taklif olgan, lekin u faoliyatini yuqori divizionda davom ettirishni istamoqda. \"Kojaelispor\" va \"Goztepe\" klublari futbolchimizni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.