Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi

Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi
Foto: Reuters
Yarimfinalda dunyoning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovichni mag‘lub etib sensatsiya qayd etgan Yannik Sinner finalda Daniil Medvedev bilan bellashuvda iroda ko‘rsatdi. Italiyalik 22 yoshli tennischi dastlabki ikki setni boy berganiga qaramay, yakunda g‘alaba qozondi va 2,1 mln dollar ishlab oldi.

Sinner faoliyatida ilk bor «Katta dubulg‘a» zafar quchdi. Shuningdek, u Australian Open\'ning Jokovichdan so‘ng (2008 yil, 20 yosh) eng yosh chempioniga aylandi.

Australian Open
Melburn, Avstraliya
Final
Yannik Sinner (Italiya) — Daniil Medvedev (Rossiya) 3:6, 3:6, 6:4, 6:4, 6:3
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.