Osiyo kubogi-2023. Dastlabki iste’fo ro‘y berdi

Osiyo kubogi-2023. Dastlabki iste’fo ro‘y berdi
Osiyo kubogida ishtirok etgan O‘mon terma jamoasi bosh murabbiy bilan xayrlashdi.

25 yanvar kuni O‘mon guruh bosqichining so‘nggi turida Qirg‘iz Respublikasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va guruhda qolib ketdi. O‘sha bahsda \"Dinamo\" hujumchisi Joel Kojo hisobni tenglashtiruvchi golni urmaganida O‘mon keyingi bosqichga chiqardi va Ivankovich kamida keyingi o‘yingacha o‘z lavozimida qolardi.

O‘mon futbol Assotsiatsiyasi rahbariyati o‘sha o‘yindan keyin 69 yoshli murabbiy bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

2020 yilning 19 yanvar kuni bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 4 yil davomida O‘mon ushbu murabbiy qo‘l ostida 46ta o‘yin o‘tkazib 22ta g‘alaba, 10ta durang va 14ta mag‘lubiyat qayd etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.