«Liverpul» sobiq himoyachisi Hindistonda to‘p suradi

«Liverpul» sobiq himoyachisi Hindistonda to‘p suradi
«Liverpul» sobiq himoyachisi Hindistonda to‘p suradi

Norvegiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Yon Arne Riise faoliyatini Hindiston chempionatida davom ettiradi. Futbolchi Super ligasi ishtirokchisi «Chennai» jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

35 yoshli Riise «Chennai» bilan bir mavsumga mo‘jallangan shartnoma imzoladi. 2015 yilda u Super liganing boshqa jamoasi «Deli Dinamos» jamoasida to‘p surgandi. Norvegiyalik futbolchi faoliyati davomida «Monako», «Fulhem», «Liverpul», «Roma», APOEL jamoalarida to‘p surdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.