Hojimat Erkinov — “Al-Vahda” futbolchisi

Hojimat Erkinov — “Al-Vahda” futbolchisi
O‘zbekistonlik futbolchi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAda davom ettiradi.

Hojimat “Al-Vahda” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klub futbolchini yarim yilga ijaraga oldi. Erkinov yangi jamoasida 15-raqam ostida to‘p suradi.

“Al-Vahda” BAA chempionatida 53 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

22 yoshli futbolchining so‘nggi klubi Mosvaning “Torpedo”si edi. Hojimat faoliyati davomida “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912”, “OKMK” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Erkinov O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo Kubogining chorak finaliga qadar yetib bordi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.