BAA Pro ligasi. Erkinovning golli uzatmasi "Al Vahda"ga 1 ochko taqdim etdi

BAA Pro ligasi. Erkinovning golli uzatmasi "Al Vahda"ga 1 ochko taqdim etdi
\"Al-Vahda\" klubi BAA chempionati doirasida \"Sharja\"ni o‘z uyida mehmon qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Mazkur bahsning 31-daqiqada mezbonlarning o‘zbekistonlik vingeri Hojimat Erkinovning pasidan so‘ng Ahmad Nurulloh \"Al Vahda\"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida esa Sebastyan Tagliabue hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi — 1:1.

O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

Ayni damda \"Al Vahda\" 21 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda. Klub navbatdagi uchrashuvini 25 fevral kuni \"Al Batayex\"ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.