OCHL 1/8 final. "An-Nasr" Ronalduning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi

OCHL 1/8 final. "An-Nasr" Ronalduning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final bahsida “An-Nassr” jamoasi 14 fevral, chorshanba kuni “Al-Fayha”ga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham birinchisi singari Ar-Riyod klubi vakillari nazoratni raqibga berib qo‘ymadi.

81-daqiqaga kelib, Krishtianu Ronaldu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi. Shu tariqa “An-Nassr” kichik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

OCHL 1/8 final bahsi

\"Al Fayha\" – \"Al Nassr\" 0:1
Gol
: 0:1 – 81 Ronaldu.
\"Al Fayha\" – Stoykovich, Al Bakaui (Al Halaf, 84), Al Shuvaysh, Al Haybari, Al Rashidi, Al Harti (Al Qaydi, 84), Al Safari, Ka’abi (Sabiri, 58), Mendash (Onekuru, 58), Nvakaeme (Al Kabi, 75), Sakala.
\"Al Nassr\" – Al Najar, Al G‘annam, Laport, Al Amri, Behich, Brozovich (Al Sulayhim, 90), Otavio (Al Naji, 83), Taliska, Al Haybari, Yaxyo (Alelavai, 89), Ronaldu.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.