Yarim finalda yutqazgan Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun bahslashadi

Yarim finalda yutqazgan Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun bahslashadi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turnirida kecha 1/2 final bosqichning javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

Saralash bosqichini g‘olib sifatida yakunlagan Nodirbek Abdusattorov final chiptasi uchun rapid va blis shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda harakat qildi va durangga erishdi. Ilk partiyadagi g‘alaba Karlsenni finalga olib chiqdi.

Ikkinchi yarim final juftligida Abdusattorovning 3-o‘rin uchun bahsdagi raqibi aniqlandi. Levon Aronyan va Fabiano Karuana asosiy partiyalarda bittadan g‘alabaga erishishdi. Tay-brekda ham g‘olib aniqlanmagach, navbat armagedon partiyaga berildi. Unda Karuana g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Aronyan esa endi Nodirbekka qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

1/2 final natijalari:

Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) - Nodirbek Abdusattorov 1.5-0.5 (1-0, 1/2)

Levon Aronyan (AQSH, 2725) - Fabiano Karuana (AQSH, 2804) 3-4 (1-0, 0-1, 1-0, 0-1, 0-1, 1-0, 0-1)

5-8 o‘rinlar uchun:

Din Lijen (Xitoy, 2762) - Alireza Firuzdja (Fransiya, 2760) 0.5-1.5 (0-1, 1/2)

Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) - Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) 2.5-1.5 (0-1, 1-0, 1-0, 1/2)

Final: Karlsen - Karuana

3-o‘rin uchun: Abdusattorov - Aronyan

5-6 o‘rin uchun: Firuzdja - Gukesh

7-8 o‘rin uchun: Din Lijen - Kaymer
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.