“Navbahor” futbolchisi OCHL 1/8 finali ramziy terma jamoasiga kiritildi

“Navbahor” futbolchisi OCHL 1/8 finali ramziy terma jamoasiga kiritildi
Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final dastlabki o‘yinlar yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.

Ramziy terma jamoadan “Navbahor” futbolchisi Filip Ivanovich o‘rin oldi. Ivanovich namanganliklar himoya chizig‘ida faol harakat qildi va raqib hujumlarini qaytarishda ishonchli o‘ynadi. Eslatib o‘tamiz, Namanganda o‘tgan “Al-Ittihod”ga qarshi dastlabki o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Javob o‘yini 22 fevral kuni Saudiyada bo‘lib o‘tadi.
“Navbahor” futbolchisi OCHL 1/8 finali ramziy terma jamoasiga kiritildi
Darvozabon: Jo Heon Vu (“Ulsan Hyonday”);
Himoyachilar: Aziz Behich (“An-Nassr”), Filip Ivanovich (“Navbahor”), Hassan Kadish (“Al-Ittihod”), Seul Yong Vu (“Ulsan Hyonday”);
Yarim himoyachilar: Elber (“Yokogama”), Koto Vatanabe (“Yokogama”), Marselo Brozovich (“An-Nassr”), Um Von Sang (“Ulsan Hyonday”);
Hujumchilar: Jo Min Kyu (“Ulsan Hyonday”), Marsino (“Kavasaki”).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.