“Real” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi


Ispaniya chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun “Real” jamoasi ham mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Zinedin Zidan shogirdlari “Anoeta”da mezbon “Real Sosedad”ga qarshi bahs olib bordi. Bahsning 2-daqiqasidayoq Garet Beyl gol kiritib, madridliklarni oldinga olib chiqdi.
Keyinchalik stadionga to‘plangan muxlislar ikkichni golni ko‘rishdi. Aniqrog‘i, 40-daqiqaga kelib Asensio gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limda muxlislar yana bir golga guvoh bo‘lishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Beyl yana bir marotaba o‘zini ko‘rsatdi hamda uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi. Shunday qilib, madridliklar ham mavsumni g‘alaba bilan boshladi.
“Real Sosedad” – “Real” – 0:3
Gollar: 0:1 – 2 Beyl, 0:2 – 40 Asensio, 0:3 – 90 Beyl
“Real Sosedad”: Ruli, Saldua, Gonsales (Vela, 79), Berchiche, Martines,Bergara, Surutusa, Oyarsabal, Ilyarramendi, Koncha (Villian Joze, 56),Xuanmi (Prieto, 72).
“Real Madrid”: Kasilya, Marselo, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro,Kovachich, Asensio (Vaskes, 66), Kroos (Isko, 73), Beyl, Morata (Xames, 77).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (50), Morata (54), Saldua (68), Ramos (87), Berchiche (87).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













