Xabi Alonsoning "Bayer"i mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha "Bavariya"ni ham ortda qoldirib ketdi

Xabi Alonsoning "Bayer"i mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha "Bavariya"ni ham ortda qoldirib ketdi
Kecha Leverkuzenning \"Bayer\" jamoasi Bundesliga 23-turi doirasida \"Mayns\"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuv Xabi Alonso shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Shu tariqa, leverkuzenliklar barcha musobaqalar bo‘yicha mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 ta o‘yinga yetkazdi. Nemis jamoalari orasida \"Bavariya\" 32 uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmagandi. \"Bayer\" Myunxen klubining ushbu rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, \"Bayer\" ayni payt 61 ochko bilan Bundesliga peshqadami bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi \"Bavariya\" hisobida esa 50 ochko mavjud.
Xabi Alonsoning "Bayer"i mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha "Bavariya"ni ham ortda qoldirib ketdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.