Shahram Gʻiyosov navbatdagi gʻalabasini qanday qoʻlga kiritdi? (video)

Foto: Ed Mulholland/Matchroom.
25 fevral tongida AQShning Florida shtati Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi. Ushbu professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim oʻrta vazn (–66,6 kg) toifasida oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Sezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarshi ringga koʻtarildi.
Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Sezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar gʻolibni ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchala hakam ham Gʻiyosovning gʻalabasini e'tirof etdi (109-99).
Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq boʻlgandi.
Bu oʻzbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-gʻalabasi boʻldi, shundan toʻqqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Shu tariqa, Gʻiyosov yarim oʻrta vazn (–66,67 kg) toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da'vogarga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!25 fevral tongida AQShning Florida shtati Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi. Ushbu professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim oʻrta vazn (–66,6 kg) toifasida oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Sezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarshi ringga koʻtarildi.
Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Sezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar gʻolibni ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchala hakam ham Gʻiyosovning gʻalabasini e'tirof etdi (109-99).
Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq boʻlgandi.
Bu oʻzbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-gʻalabasi boʻldi, shundan toʻqqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Shu tariqa, Gʻiyosov yarim oʻrta vazn (–66,67 kg) toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da'vogarga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













