Rustam Ashurmatov "Rubin"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Rustam Ashurmatov "Rubin"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Rossiya premer-ligasi 19-turidan o‘rin olgan \"Krasnodar\" - \"Rubin\" bahsi o‘z yakuniga yetdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.

Dastlab, 36-daqiqada Olusegun hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov oradagi hisobni tenglashtrirdi.

Shu tariqa, RPL turnir jadvalini boshqarib kelayotgan \"Krasnodar\" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, qozonliklar esa 29 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.

\"Krasnodar\" – \"Rubin\" 1:1
Gollar
: 1:0 – 36 Olusegun, 1:1 – 90 Ashurmatov.
\"Krasnodar\": Safonov, Petrov (Volkov, 14), Alonso, Tormena, Olasa, Kadi (Krivsov, 72), Pina, Spersyan, Joao Viktor, Olusegun, Kobnan Devid (Banyas, 72).
\"Rubin\": Dyupin, Vuyachich, Ashurmatov, Gritsayenko, Vada, Lomovitskiy, Shabanxajay (Ranjelovich, 73), Zotov, Yochich, Bezrukov, Daku.
Ogohlantirish: Spersyan (66), Joao Viktor (85), Alonso (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.