Isroil Madrimovning Ar-Riyoddagi chempionlik jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi

Isroil Madrimovning Ar-Riyoddagi chempionlik jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi
Foto: Matchrom
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning 8 mart kuni Saudiya Arabistonida o‘tadigan boks kechasidagi chempionlik jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ushbu haftaning juma oqshomida Ar-Riyod shahrida katta professional boks oqshomi doirasida Isroil Madrimovning rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi WBA kamari uchun jangi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga o‘zbekistonlik bokschining tibbiy ko‘rik natijalari salbiy chiqqani, BBBofC (British Boxing Board of Control) tomonidan tekshirilgan tibbiy nazorat natijalariga ko‘ra, jang o‘tkazilmasligi aytilgandi.
Isroil Madrimovning Ar-Riyoddagi chempionlik jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi
Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, ushbu jang o‘tkaziladigan bo‘ldi. Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi WBA kamari uchun chempionlik jangini o‘tkazish uchun murabbiylari bilan birga Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, 8 mart kungi Saudiya Arabistonidagi boks oqshomining asosiy jangi Entoni Joshua va Frensis Ngannu o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.