"Kalyari"ning g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

"Kalyari"ning g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan \"Kalyari\" - \"Salernitana\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda sardiniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Jarohatidan qaytgan Eldor Shomurodov ikkinchi taymning boshida maydonga tushdi va 51-daqiqada \"Kalyari\"dagi debyut golini urdi. 76-daqiqada esa chap qanotdan reyd uyushtirib, yana bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Shu tariqa, sardiniyaliklar A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi \"WhoScorreed\" portali futbolchilarning harakatlarini baholadi. Shomurodovning o‘yini 8.1 ballga loyiq ko‘rildi va u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
"Kalyari"ning g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.