Tim Szyu ularni "bir to‘da mushukchalar" deb atadi

Tim Szyu ularni "bir to‘da mushukchalar" deb atadi
WBO yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn(69,8 kg)da jahon chempioni Tim Szyu(24-0, 17 KO) zamonaviy bokschilarni \"bir to‘da mushukchalar\" deb atadi. U shuningdek, chinakam eski boks maktabidan chiqqan jangchilar qolmaganini ta’kidladi.

\"Bugungi kunda eski boks maktabidan chiqqan jangchilar qolmadi. Zamonaviy bokschilar \"bir to‘da mushukchalar\"ga o‘xshaydi: yilda bir marta jang qilishadi va 2 yil dam olishadi. Faqatgina men to‘g‘ri yo‘l tutyapman. Chunki men harakatsiz qolmadim. Hozir ham men har qanday raqib bilan jang qilishga va uni yanchib tashlashga tayyorman\", - dedi Szyu Boxing Scene nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yengilmas Szyu Keyt Turmanga qarshi 30 mart kuni Las-Vegasda jang qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.