Ronaldu eng ashaddiy dushmanim, lekin...

Ronaldu eng ashaddiy dushmanim, lekin...
“Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jorjo Kellini portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Krishtianu Ronaldu eng ashaddiy dushmanim, lekin shu bilan birga eng yaxshi jamoadoshim hamdir, - dedi Jorjo Kellini.

Kellini va Ronaldu 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” sharafini birgalikda himoya qilgan. Professional faoliyati davomida Turin superklubidan tashqari “Livorno”, “Fiorentina” va “Los-Anjeles” sharafini himoya qilgan Jorjo Kellini 2023 yilning dekabrida futbol bilan xayrlashdi.

Krishtianu Ronaldu esa, 39 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, faoliyatini to‘xtatish niyati yo‘q. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr”ning asosiy to‘p urari hisoblanadi. Uning arablar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.