O‘zbekiston – Suriya o‘yini chiptalari sotuvda


O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 3-saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv chiptalari sotuvga chiqarildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarni uchrashuv bo‘lib o‘tadigan \"Bunyodkor\" stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin. O‘yinga chiqarilgan chiptalar 3 toifada bo‘lib, 1-toifa chiptala narhi 20 ming, 2-toifa chiptalar narhi 25 ming hamda CIP toifasidani chiptalar narhi 40 ming so‘m qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 3-saralash bosqichi A guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1 sentyabr kuni Toshkentdagi \"Bunyodkor\" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













