Gvineyalik ikki olimpiyachi Olimpiadadan keyin yurtiga qaytmadi

Gvineyalik ikki olimpiyachi Olimpiadadan keyin yurtiga qaytmadi
Gvineyalik ikki olimpiyachi Olimpiadadan keyin yurtiga qaytmadi

Gvineyalik suzuvchi Amadu Kamara va dzyudochi Mame Adama Bangura Riodagi Olimpiadadan keyin vatanlariga qaytib bormadilar.

Bu haqda Gvineya Olimpiya qo‘mitasi a’zosi Ateb Chalub ma’lum qildi.

\"Kamara va Bangura biz bilan qaytmadilar va Braziliyada qoldilar\", deb ma’lum qildi Chalub.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sportchilar iqtisodiy muhojirlarga aylangan bo‘lishi mumkin. Aynan shu sabablarga ko‘ra 2012 yilgi Londondagi Olimpiadadan 5 nafar gvineyalik va 17 nafar kamerunlik o‘z vatanlariga qaytmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.