"Neftchi" Tojikiston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

"Neftchi" Tojikiston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun “Neftchi” klubi o‘z maydonida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Oldinroq Qirg‘iziston U20 termasiga qarshi maydonga tushgan va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan farg‘onaliklar bu safar Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasini qabul qildi hamda 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar.

Birinchi bo‘limda Mixay Roman hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin G‘ulom-Haydar G‘ulomov va Bilolxon Toshmirzayev hisobni yiriklashtirdilar.

\"Neftchi\": Sanjar Quvvatov, Boyan Siger, Muxsin Ubaydullayev, Anvar G‘ofurov, Abbos G‘ulomov Mirzoxid G‘ofurov, Ketelin Karp, Diyor Turopov, Javohir Qaxramonov, Nsungusi Effiong, Mixay Roman.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Jaloliddin Jumaboyev, Xurshid Muxtorov, Muhammadali Xolmatov, Shoxrux Yoqubjonov, Doniyor Valiyev, Sanjar Qodirqulov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Shoxruz Norxonov, Bexruz Oblakulov, Bilolxon Toshmirzayev.

Gollar: Mixay Roman, 33 - 1:0. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 47 - 2:0. Bilolxon Toshmirzayev, 81 - 3:0.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.