O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, 17-28 oktyabr kunlari Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
\"Unda qit’amizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Bugun O‘FA rahbariyati va futzal mutasaddilari mazkur yirik musobaqa oldidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirildi. Unga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgani, bir qancha yig‘inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o‘rinlarni egallashiga tilak bildirildi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Butun xalqimiz, futbol jamoatchiligi va muxlislar musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlashi, vakillarimiz esa birdam bo‘lib, Vatanimiz sharafi uchun kurashishi va yurt obro‘sini xalqaro maydonda munosib himoya qilishi kerakligi, shuningdek, yurtimiz mezbonligida o‘tadigan Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
O‘z o‘rnida jamoa bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va jamoa sardori Dilshod Rahmatov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Uchrashuv yakunida O‘FA rahbariyati mas’uliyatli turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz Osiyo kubogidagi ishtirokini 17 aprel kuni Avstraliyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi\", — deyiladi xabarda.

Manba: O‘FA matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.