Messi jarohati tufayli Argentina termasining JCh–2018 saralash o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Atletik” klubiga qarshi (1:0) Ispaniya chempionati 2-turida oyog‘ining son qismidan jarohat oldi.
Marca nashrining yozishicha, jarohatning jiddiylik darajasi noma’lum va u Argentina terma jamoasining JCh–2018 turnirina saralash o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi. Shunga qaramay, Leo terma jamoa qarorgohiga tashrif buyurib, jamoadoshlari bilan birga bo‘ladi.
Avvalroq jarohatlari tufayli Serxio Aguero (“Manchester Siti”) va Xaver Pastore (PSJ) ham jarohati tufayli bo‘lajak o‘yinlarda Argentinaga yordam bera olmasligi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina 2 sentyabr kuni Urugvay bilan, 7 sentyabr kuni esa Venesuela bilan kuch sinashadi.
Manba: fut.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













