Xosep Gvardiola: Hech kim «Barselona»dan yaxshiroq o‘ynay olmaydi

Xosep Gvardiola: Hech kim «Barselona»dan yaxshiroq o‘ynay olmaydi
Xosep Gvardiola: Hech kim «Barselona»dan yaxshiroq o‘ynay olmaydi

«Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi, ayni vaqtda «Manchester Siti»ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola kataloniyaliklar haqida iliq fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, bu jamoalar EChL guruh bosqichida to‘qnash keladi.

- Biz dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi to‘p suramiz. Hech kim «Barselona»dan yaxshiroq futbol o‘ynay olmaydi.

«Barselona»ning uch hujumchisi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ammo «Barselona» shu bilan birga himoyada ham juda katta hajmdagi ishni amalga oshiradi, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi dastlabki bahs 19 oktyabrda, kataloniyaliklar maydonida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi 1 noyabrga belgilangan.

Manba: fut.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.