Server Jeparov: JCh saralashini qanday boshlasak, shunday davom ettiramiz

Server Jeparov: JCh saralashini qanday boshlasak, shunday davom ettiramiz
Server Jeparov: JCh saralashini qanday boshlasak, shunday davom ettiramiz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov JCh-2018 saralashi so‘nggi bosqichida Suriyaga qarshi kechadigan o‘yin haqida fikr bildirdi.

- Ertaga bizni juda mas’uliyatli o‘yin kutib turibdi. Saralashni qanday boshlasak, shunday davom ettiramiz. Shu sababli ertaga imkon qadar yaxshi natijaga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Suriya terma jamoasining hujum chizig‘i ancha kuchli. Ular hujumni juda tez rivojlantiradilar. Biz yig‘in boshlanganidan buyon, mana 4-5 kundirki ularni o‘rganmoqdamiz. Bu jamoa bizdan hech qanaqasiga kuchli emas va uni mag‘lubiyatga uchrata olamiz, - deydi Server Jeparov.

Manba: www.fut.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.