Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi

Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Fransiya chempionatining 31-turida PSJ chempionlikni \"Gavr\"ga qarshi o‘yinda hal qilishi mumkin edi, lekin parijliklar mazkur bahsda g‘alaba qozona olmadi va bu amalga oshmadi. Ammo Enrike shogirdlariga \"Lion\" yordamga keldi, ya’ni \"Monako\"ni mag‘lub qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, ikkinchi o‘rinda borayotgan monakoliklarni ham PSJga yetib olish imkoniyatni yoqqa chiqardi. Bu esa Parij jamoasini muddatidan oldin kubokni qo‘lga kiritganini anglatadi.
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
PSJ o‘z tarixida o‘n ikkinchi marta Liga 1 chempioni bo‘ldi. Ushbu sovringa klub so‘nggi o‘n yil ichida sakkizinchi marta erishmoqda. Mbappe va uning do‘stlari Fransiya kubogi va Chempionlar ligasida ham o‘z yurishini davom ettirishmoqda. Jamoa 26 may kuni \"Lion\"ga qarshi finalda to‘qnash kelsa, YECHL yarim finalida \"Borussiya\" bilan o‘ynaydi.
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Kilian so‘nggi mavsumida fransiyaliklarni chiroyli tarzda tark etishni istaydi. Al-Helayfi uchun trebldan yaxshiroq sovg‘a bo‘lmasa ham kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.