U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!

U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Yaponiya hamda Iroq o‘rtasida U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi yakuniga yetdi. Unda Yaponiya 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilgan holda musobaqa finaliga chiqdi.

Yaponiya - Iroq 2:0
Gollar
: Xosoya 28, Araki 42.

Yaponiya: Kokubo, Xiroki, Takai, Kimura, Oxata, Yamada, Araki, Fujita, Xirakava, Matsuki, Xosoya.
Iroq: Hasan, Saadon, Tahsin, Al Imam, Maknazi, Muhammad K, Ojaimi, Ismail, Almosave, Ahmed, Jasim.

Ushbu bahsda g‘alaba qozongan Yaponiya O‘zbekiston U23 ga qarshi final o‘yinida ishtirok etadi. Yaponlarga taslim bo‘lgan Iroq 3-o‘rin va Olimpiada yo‘llanmasi uchun Indoneziya bilan kurashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.