Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi

Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Uzoq yillar davomida jahon futbolida o‘zaro raqobatlashib kelgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi faoliyatining so‘nggi bosqichini birga o‘tkazishi mumkin.

Bir necha manbalarning arab jurnalist Abdulaziz Al-Osaimiga tayanib ma’lum qilishicha, “Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri Devid Bekxem 39 yoshli portugaliyalik yulduzni o‘z jamoasiga olib kelish bo‘yicha ish boshlagan.

Bekxem ayni paytda Ronalduni transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Unga Messi va Ronalduni bir jamoada o‘ynatish g‘oyasi juda ma’qul kelgani aytilmoqda.

Qizig‘i shundaki, Yevropani tark etganidan keyin Ronaldu Saudiya Arabistonida, Messi esa AQSHda to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.