Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi

Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi
PSJ ustozi Luis Enrike jamoasining yarim finaldan o‘ta olmagani haqida fikr bildirdi.

«Futbol adolatsiz! Shu tarzda mag‘lub bo‘lish juda alamli. Ikkita o‘yin davomida futbolchilarim olti marta raqib darvozasining ustunini poylashdi. Bugungi bahsda raqib darvozasiga 31 ta zarba berildi. Shuncha hujumdan hech biri raqib darvozasining ishg‘ol qilinishi bilan yakunlanmadi. Bunga ishonish qiyin, biroq bu — futbol.

Raqibni finalga yo‘l olgani bilan tabriklayman. YECHLda raqobat kuchli va mag‘lubiyatimizni tan olamiz. Tezroq o‘zimizga kelishga harakat qilamiz
», — dedi PSJ ustozi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.