Chempionlar ligasi o‘z to‘purarlaridan ayrildi

Chempionlar ligasi o‘z to‘purarlaridan ayrildi
Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. \"Borussiya\" PSJni, \"Real\" esa \"Bavariya\"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Bu esa to‘purarlar kurashini yo‘qqa chiqardi.

Aayni paytda Xarri Keyn va Kilian Mbappe 8 ta goli bilan peshqadam bo‘lib turishibdi. Undan keyingi o‘rinni egallagan Erling Xoland va Grizmannlar hisobida 6 tadan gol mavjud.

Turnirda o‘z yurishini davom ettirayotganlar orasida Xoselu, Vinisius va Rodrigo bir xil, 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishgan. Fyullkrugda bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, \"Borussiya\" - \"Real\" o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida 2 iyunga o‘tar kechasi \"Uembli\"da bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.