O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi
29 may kuni \"Bunyodkor\" stadionida O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. \"Paxtakor\" va \"Nasaf\" ishtirokidagi to‘qnashuv oldidan O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi.

Superkubok o‘yini oldidan “Sport” telekanali jonli studiya tashkil etishni rejalashtirgan. Efir davomida kubok qur’asiga ham vaqt ajratiladi. Jarayon Superkubok uchrashuvini ko‘rish uchun stadionga kelgan futbol muxlislariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilishi rejalashtirilgan.

1/8 final bosqichi bellashuvlari 3-6 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Qur’a yakuniga etgach, uchrashuvlar taqvimi e’lon qilinadi.
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi
Reglamentga ko‘ra, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finalni o‘z maydonida o‘tkazadi. Guruhda ikkinchi bo‘lgan jamoa esa safar o‘yinida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, qur’a oldidan jamoalar ikki savatga ajratib olinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.