Vadim Abramov: "Navbatdagi 2 ochkoni qo‘ldan chiqardik"

Vadim Abramov: "Navbatdagi 2 ochkoni qo‘ldan chiqardik"
\"Dinamo\" hamda \"Paxtakor\" o‘rtasidagi Superliganing 8-tur bahsidan (1:1) so‘ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: \"G‘alaba qozonishga intildik. Bizda yo‘q joydan gol kirib ketishi odatga aylanib qoldi. Ikkinchi taymda ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo ularning bittasidan foydalana oldik. Navbatdagi 2 ochkoni qo‘ldan chiqardik\".

- Vadim Karlenovich, siz xotirjam murabbiylardan hisoblanasiz. Ammo ovozingiz bo‘g‘ilib qolganidan bahs juda qiziq o‘tganini bilish mumkin. \"Dinamo\" ko‘plab vaziyatlar yaratyapti, ammo gol urishda muammolar bor.
- Futbolda shunaqa bo‘lib turadi. To‘p raqib darvozasiga kirishni xohlamaydi.

- Odatda muxlislar \"Paxtakor\" bilan durang bo‘lsa quvonishardi, bugun esa aksi.
- Hammamiz xafamiz. Chunki o‘yin bo‘yicha 2 ochkoni qo‘ldan chiqardik.

- Temirov va Abdullayevlarning o‘zgarishi nima bilan bog‘liq?
- Abdullayevda 2 kun avval angina bor edi. U kuchga kirmaganini o‘yindan bilib oldik. Damir Temirov ham bahsga kirishib keta olmadi. Zahiradan bahsga qo‘shilganlar tufayli ustunlik qilishni boshladik.

- Odilbek Abdumajidov maydonga tushib, Cheranga deyarli imkon bermadi. Bu aynan Draganga qarshi amalga oshirilgan o‘zgarishmidi?
- Ikki markaziy himoyachi biroz noto‘g‘ri o‘ynagani tufayli Abdumajidovni tushirdik. Shunchaki Cheran bilan to‘p uchun havodagi kurashda to‘g‘ri harakat qilish kerak edi.

- \"Dinamo\"ning golidan so‘ng Miyich siz tomonga kelib, bir nimalar deganday bo‘ldi.
- U golni nishonladi. Hissiyotlar hammada bor.

- \"Uyda devorlar ham yordam beradi\" deyishadi. \"Dinamo\" bugun Samarqandda, o‘z muxlislari qarshisida o‘ynaganda jamoa g‘alaba qozongan bo‘larmidi?
- Muxlislar bilan o‘ynasak bu bizga qo‘shimcha yordam beradi. Siz haqsiz, ishqibozlarning olqishlari futbolchilarga yordam beradi. O‘z uyimizda qachon o‘ynashimizni bilmayman.

- \"Dinamo\" rahbariyati durangni qanday qabul qildi?
- Durang bilan qutlashdi, ammo biz xafamiz. Muxlislar 1 ochkodan ranjishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.