Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosovning qo‘lqopi 50 million so‘mga sotildi

Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosovning qo‘lqopi 50 million so‘mga sotildi
Bahodir Jalolovning imzolangan boks qo‘lqoplari 16 may kuni jurnalist Abror Zohidov tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.
Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosovning qo‘lqopi 50 million so‘mga sotildi
Bu auksionga hissasini qo‘shish uchun Shahram G‘iyosov ham o‘zining imzolangan boks qo‘lqoplarini taqdim etgan. Auksion yakuniga ko‘ra, ikki O‘zbekistonning eng mashhur bokschilari taqdim etgan qo‘lqoplar 50 million so‘mga sotildi.

Auksiondan tushgan pullar 13 yoshli Nuraziz Saidovning muoalajalariga sarflanadi. U hozirda oqqon kasali bilan kurashayotgani aytilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zosi Husayn Norchayevning do‘ppisi 50 millionga sotilgan edi. Bu summa ham bolalar shifoxonasiga xayriya sifatida o‘tkazilishi aytilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.