Yevro-2024. Xorvatiyada ishlar chatoq

Yevro-2024. Xorvatiyada ishlar chatoq
Bugun Yevropa chempionatining 2-turida xorvatlar Albaniya bilan durang o‘ynadi (2:2). Birinchi o‘yinda Xorvatiya terma jamoasi Ispaniyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyingi turda esa Zlatko Dalich shogirdlari Italiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Xorvatiya 2 uchrashuvda 5 ta gol o‘tkazib yuborgan holda 1 ochko bilan \"В\" guruhida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Ayni damda \"В\" guruhi peshqadami Ispaniya (3 ochko) bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda Italiya terma jamoasi (3 ochko). Uchinchi o‘rinni Albaniya (1) egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, har bir guruhdan dastlabki ikkita o‘rindagi jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rin egalari orasidan eng yaxshi to‘rtta jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.