BRIKS o‘yinlari: Bokschi qizlarimiz bir qator medallarni qo‘lga kiritishdi

BRIKS o‘yinlari: Bokschi qizlarimiz bir qator medallarni qo‘lga kiritishdi
Rossiyaning Qozon shahrida xalqaro BRIKS o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha musobaqada boks bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.

-54 kg vaznda ringga ko‘tarilgan vakilamiz Nigina O‘ktamova, mezbon Natalya Samohinani mag‘lubiyatga uchratib finalga yo‘l oldi.

-52 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim final bahsda Feruza Kazakova, rossiyalik Anna Ayedmaga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Sitora Turdibekova -57 kg vaznda hindistonlik Sakshiga qarshi bo‘lib o‘tgan yarim final bahsida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medaliga ega chiqdi.

-63 kg vaznda bahs olib borgan vakilamiz Dilfuza Bekova, xitoylik Wen Jin Wangga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.

-75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschimiz Aziza Zokirova venesuyealik Keidy Guyevarani ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

Mavluda Movlonova -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, mezbon sportchisi Lyudmila Kotlyarovaga imkoniyatni boy berdi va bronza medalga ega chiqdi.

Ayollar o‘rtasidagi so‘ngi yarim final bahsida, -81 kg vaznli bokschimiz Oltinoy Sotimboyeva xitoylik Lu Jenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ertaga final bahslari o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.