Yevro—2024. Fransiya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Belgiyani mag‘lub etdi

Yevro—2024. Fransiya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Belgiyani mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Fransiya va Belgiya terma jamoalari 1 iyul, dushanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham ikkala jamoa ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirdi. 85-daqiqaga kelib, hisob ochildi. Randal Kolo-Muani Belgiya darvozasiga zarba berdi va to‘p Vertongenga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirib, darvozadan joy oldi.

Ushbu gol o‘yin taqdirini hal qildi va Fransiya keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa Fransiya Portugaliya—Sloveniya juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Yevro—2024
Nimchorak final

1 iyul, dushanba
Fransiya – Belgiya 1:0
Gol
: 1:0 — 85 Vertongen (avtogol).
Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Rabo, Tchuameni, Grizmann, Tyuram (Kolo-Muani, 62), Mbappe.
Belgiya: Kastels, Kastan, Vertongen, Fas, Teate, Karrasko, de Bryuyne, Onana, Lukaku, Openda (Mangalya, 63), Doku.
Ogohlantirishlar: Tchuameni (14), Grizmann (23), Rabo (24), Vertongen (76).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.